Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rahbarlar xalqimizni rozi qilolmasa, ishlashga haqqi yo‘q» – Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi sessiyada so‘z boshladi
12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifini amalga oshirayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari yig‘ilishi boshida qator masalalarni sanab o‘tdi.
“Vodiy gavhari deyilgan Farg‘onaga kelganimdan, sizlar bilan uchrashib turganimdan juda xursandman. Kecha Farg‘onaning qator tumanlarida bo‘ldik, imkon qadar ko‘proq joyga borishga harakat qildik. Saylov oldidagi uchrashuvlarda ko‘p ishlarni rejalashtirgandik, qaysilarini bajardik, qaysilariga hali ulgurmadik, shularni muhokama qildik. Bugun ham zalimizda oqsoqollar, hurmatli insonlar o‘tirishibdi – ular bilan uzoq vaqt ishlab, do‘st-birodar bo‘lib ketdik.
Bugungi majlisimizni ham ochiq muloqot shaklida, biror muammoni yashirmay tanqidiy shaklda o‘tkazsak, xalqimizga ma’qul bo‘ladi. Qog‘ozda emas, amalda odamlarimiz og‘irini yengil qiladigan tizim ustida ishlashimiz kerak. Quyi pog‘onadagi odamlar dardi deganim kambag‘allik, ishsizlik, tibbiy yordam kabi masalalarda hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Uy-joy masalalari alohida mavzu, biz boradagi ishlarimizni to‘xtatmaymiz. Chunki kim bo‘lishidan qat’i nazar boshpanasi bo‘lgan insonning vatanga muhabbati boshqacha bo‘ladi.
Bugungi yig‘ilishimizda ham Toshkentdan kelgan rahbarlarni ham eshitamiz. Agar ular xalqimizni rozi qilolmasa, ishlashga haqqi yo‘q”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025