Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xerson oblastining «yangi hukumati» koloniyada isyonning oldi olinganini xabar qildi
Rossiyalik harbiylar Xersondagi koloniyada isyonning oldini olishgan. Bu haqda Rossiya nashrlari Ukrainadagi Xerson oblastining «harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari» deb atayotgan faol Kirill Stremousov xabar qilgan.
Stremousovning ma’lum qilishicha, Ukraina hukumati regiondagi jazoni ijro etish muassasalari tizimi ustidan nazorat qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, go‘yoki Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimlari Xersondagi koloniyada provokatsiya uyushtirgan va mahbuslarni kameralardan chiqarib yuborgan. «Ammo vaziyat harbiylar yordamida tinchlantirildi. Hozirda vaziyat nazorat ostida», — degan TASS muxbiri bilan suhbatda Stremousov.
«U yerda (koloniyada) bir kishi halok bo‘lgan. U to‘siq osha qochib ketmoqchi bo‘lgan, uni to‘xtatishgan», — degan agentlik suhbatdoshi. U boshqa tafsilotlarni keltirmagan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025