Jahon | 17:31 / 18.05.2022
46704
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda qurolli to‘qnashuv oqibatida bir ofitser halok bo‘ldi, 10dan ortiq askar yaralandi

Tojikiston IIV xabar qilishicha, qurollangan guruh Tog‘li Badaxshon avtonom oblastining Rushon rayonida davlat xavfsizlik qo‘mitasi kolonnasiga hujum qilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Tojikistonda qurollangan jinoiy guruh hujumi oqibatida mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasining bir nafar ofitseri halok bo‘ldi, 13 nafar askar jarohatlandi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 200 kishidan iborat guruh Tog‘li Badaxshon avtonom oblastining Rushon rayonida davlat xavfsizlik qo‘mitasining kolonnasiga hujum qilgan.

“Barcha turdagi qurollardan foydalangan 200 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh Dushanbe – Xorug‘ yo‘li va Rushon rayoni markazining uchta nuqtasida chegara komendaturasini to‘sib qo‘ygan. Jinoiy guruh ushbu harakatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan va buning uchun xorijdan qurol olib kirgan", - deyiladi xabarda. 

O‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida 8 kishi yo‘q qilingan, 11 nafari yaralangan va 70 dan ortiq kishi qo‘lga olingan. 

Ulardan ko‘p miqdorda qurol-yarog‘lar va "Molotov kokteyllari" musodara qilingan. Maxsus operatsiya chog‘ida tinch aholiga zarar yetmagani aytilmoqda.

Avvalroq Tojikistonda “aksilterror operatsiyasi” boshlangani e’lon qilingandi

Mavzuga oid