O‘zbekiston | 10:01 / 21.05.2022
16022
2 daqiqa o‘qiladi

DXX tomonidan Gulistonda noqonuniy mayning fermalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona hamda ichki ishlar boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida noqonuniy mayning fermalar faoliyatiga chek qo‘yildi.

DXX xabariga ko‘ra, Guliston shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs viloyat markazidagi noturar binolardan birini ijaraga olib, yashirin ravishda elektr tarmog‘iga ulangan holda mayning qurilmalaridan foydalanishi natijasida davlatga qariyb 532 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgan. Tekshiruv davomida 19 dona mayning qurilmasi hamda boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi. 

Shunga o‘xshash yana bir holatda Toshkent shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro Guliston shahrida joylashgan va o‘zining otasiga tegishli bo‘lgan MChJ binosida mayning qurilmalarini o‘rnatgan holda joriy yilning fevral oyidan buyon 40 ming AQSh dollariga teng kriptovaluta ishlab chiqargani ma’lum bo‘ldi. 

Tekshiruv davomida u mayning sohasida faoliyat amalga oshirganda foydalaniladigan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tegishli tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘lamasdan, davlatga 134 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi hamda 148 dona mayning qurilmasi protsessual tartibda rasmiylashtirilib olindi. 

Har ikki qonunbuzar harakatiga nisbatan huquqiy baho beriladi, deyiladi DXX xabarida.

Mavzuga oid