Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda futbol uchrashuvi vaqtida kuchli shamol sababli stadion tomi maydon chetiga uchib tushdi
Kuchli shamol Hojimuqon stadioni asosiy binosining 400 kvadrat metrga teng tomini qo‘porib yuborgan. Shamolning tezligi soniyasiga 20 metrga teng bo‘lgani aytilmoqda.
Qozog‘istonning Chimkent shahrida futbol uchrashuvi vaqtida kuchli shamol sababli stadion tomi maydon chetiga uchib tushdi. Bu haqda RIA Novosti Chimkent favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, kuchli shamol Hojimuqon stadioni asosiy binosining 400 kvadrat metrga teng tomini qo‘porib yuborgan.
Shamolning tezligi soniyasiga 20 metrga teng bo‘lgani aytilmoqda.
“Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q", - deyiladi boshqarma xabarida.
Mavzuga oid
09:24 / 18.05.2025
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi
07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi
21:31 / 11.04.2025