Moldova sobiq prezidenti korrupsiya va davlatga xiyonat qilishda ayblandi
Igor Dodon 24 may kuni aksilkorrupsiya prokuraturasi xodimlari tomonidan 72 soatga hibsga olingandi.
Moldova aksilkorrupsiya prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Igor Dodonga qarshi to‘rtta modda bo‘yicha ayblov e’lon qildi. Bu haqda uning advokati Maksim Lebedinskiy xabar berdi.
"Bugun aksilkorrupsiya prokuraturasi Dodonga nisbatan to‘rtta modda bo‘yicha rasman ayblov e’lon qildi, bular ichida korrupsiya hamda davlatga xiyonat ayblovlari bor", - dedi Lebedinskiy.
Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, prokuratura suddan ayblanuvchining 30 kun muddatga hibsga olinishini so‘rashi mumkin.
Dodon passiv korupsiya, noqonuniy boylik orttirish, partiyani jinoiy tashkilot tomonidan moliyalashtirish va davlatga xiyonat qilishda gumonlanib 24 may kuni aksilkorrupsiya prokuraturasi xodimlari tomonidan 72 soatga hibsga olingandi.
Sobiq prezidentning uyida tintuv va tergov ishlari o‘tkazildi.
Dodon 2016 yil dekabridan 2020 yil dekabriga qadar Moldova prezidenti bo‘lgan. U Rossiya bilan yaqindan hamkorlik qilishga intilgan va rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putin bilan bir necha bor uchrashgan.
2020 yil noyabrida prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida Dodon g‘arbparast nomzod sifatida ko‘rilgan Mayya Sanduga yutqazdi.
Mavzuga oid
13:49 / 18.11.2024
Moldovadagi saylovlar: KS shikoyatlar tufayli natijalarni hali tasdiqlamadi
00:09 / 13.11.2024
Moldova hududidan yana bir dron topildi
23:38 / 10.11.2024
Rossiya tomonidan uchirilgan ikkita dron Moldova hududiga qulab tushdi
21:13 / 05.11.2024