Jahon | 13:47 / 26.05.2022
26231
5 daqiqa o‘qiladi

Zarbalar ostida qolgan donbassliklar va odatiy hayotga qaytayotgan buchaliklar. Urush suratlari

Urushning 91-kunida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov rossiyalik harbiylar Lisichanskka kirganini ma’lum qildi. Lugansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning xabar qilishicha, oblast hududining atigi 5 foizi Ukraina nazoratida qolmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan viza rejimi joriy etish g‘oyasini ma’qulladi. Zaporojye oblastining rossiyalik harbiylar nazoratidagi qismida Rossiya pasportini tarqatishga tayyorgarlik ko‘ra boshlashdi. Vladimir Putin urush boshidan buyon ilk bor rossiyalik yarador harbiylarni ko‘rish uchun hospitalga tashrif buyurdi.

Erdo‘g‘anning matbuot kotibi Ibrohim Qalin va Turkiya delegatsiyasi Finlandiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yukka Salovaara bilan bilan uchrashuvda. Chorshanba kuni Finlandiya va Shvetsiyadan yuqori martabali rasmiylar Turkiyaning ushbu mamlakatlar NATO a’zoligiga e’tirozi borasida muzokaralar o‘tkazish uchun Anqaraga kelishdi. (Turkish Presidency via AP)

Ukrainadagi urushning 92-kuni. So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar

  • Urushlarni tadqiq qilish institutiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Severodonetsk uchun jang boshlashga tayyor. Shahar deyarli qurshab olingan, unga olib boruvchi asosiy yo‘llar doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda. 
  • Zaporojye rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida kinoteatr, kafe, o‘nlab xususiy uylar, o‘rta va kichik biznes imoratlari vayronaga aylangan, bir ayol halok bo‘lgan. Chorshanba kuni Krivoy Rog va Pokrovsk shaharlariga ham zarbalar yo‘llangan. 
  • Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass rossiyaliklar yetakchisi bilan «yarashish» xavfli ekani, uning mag‘lubiyatini ta’minlash lozimligini aytib, yevropalik hamkasblarini Ukrainaga ko‘proq qurol berish hamda Rossiya bilan munosabatlardagi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.
  • Yevroittifoq, AQSh va Britaniya Rossiyaning Ukrainada sodir etgan harbiy jinoyatlarini tekshirish bo‘yicha maxsus xalqaro guruh tashkil etdi.
  • AQSh Davlat departamenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Zaporojye va Xerson oblastlarining rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tgan qismidagi ukrainlarga Rossiya fuqaroligini berishni soddalashtirish to‘g‘risidagi farmonini qoraladi.
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hukumatga Rossiya fuqarolarining Ukrainaga kirishida viza rejimini joriy qilish masalasini ko‘rib chiqishga topshiriq berdi.

Quyida 25 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan fotosuratlar.

Donbass shimoli

Rossiyaparast harbiylar Ukraina qurolli kuchlarining Svetlodarskdagi (Donetsk oblasti) sobiq pozitsiyasida. Rossiya armiyasi 24 may kuni Svetlodarskni egalladi. Ukraina hukumatiga ko‘ra, 10 ming atrofidagi ukrainalik okkupatsiya ostida qolgan. Foto: Pavel Klimov / Reuters / Scanpix / LETA
Svetlodarskdagi rossiyaparast harbiylar
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Pokrovsk (Donetsk oblasti) temiryo‘l vokzalida raketa zarbalaridan qolgan izlar. Shahardan Ukraina g‘arbiga evakuatsiya poyezdlari yo‘l olishi davom etmoqda. Foto: Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA
Kramatorskda raketa zarbasidan vayron bo‘lgan bino oldida o‘tirgan bola. Shahar meri Aleksandr Goncharenkoning so‘zlariga ko‘ra, 25 may kuni rossiyalik harbiylar aholi yashovchi rayonlarni o‘qqa tutgan. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi oqibatida yaralangan pokrovsklik kishi. 25 may kuni shaharga ikki bor raketa zarbasi berildi. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, to‘rt kishi jarohat olgan. Foto: Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Pokrovskka raketa zarbalari yo‘llanganidan keyin chang bosgan o‘rindiqni tozalayotgan mahalliy aholi vakili. Orqa fonda uning shikastlangan uyi. Foto: AP Photo/Francisco Seco
Mahalliy aholi vakillari Pokrovskka berilgan zarbalardan keyin o‘z uylari atrofini tozalamoqda. AP Photo/Francisco Seco
Pokrovskka yo‘llangan zarbalar oqibatida uyi jiddiy shikastlangan bolakay. AP Photo/Francisco Seco

Xarkov oblasti 

Xarkov atrofidagi qishloqda artilleriya zarbasidan yashirinayotgan ayol
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Kiyev oblasti

Velosipedda Borodyankadagi vayronalar oldidan o‘tayotgan kishi
AP Photo/Natacha Pisarenko
Pirotexniklar Kiyevdagi botanika bog‘ida ishlashmoqda. Hozirda harbiy harakatlar olib borilgan hududlarni minalardan va snaryad parchalaridan tozalash ishlari ketmoqda. Foto: Oleksіy Samsonov / KMDA
Xarkov oblastidagi janglarda halok bo‘lgan ukrain harbiysining dafn marosimi. Kiyev
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Buchada o‘z uyi oynalarini yuvayotgan ayol. Okkupatsiyadan ozod bo‘lgan shahar odatiy hayot tarziga qaytmoqda.
Natacha Pisarenko / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid