Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyundan boshlab benzin narxi oshishi kutilyapti
2022 yil 1 iyun kunidan boshlab neft mahsulotlarida aksiz solig‘i stavkalari oshishi e’lon qilindi.
O‘zbekiston milliy valutasida belgilangan ayrim aksiz solig‘i stavkalari joriy yilning 1 iyun kunidan boshlab 10 foizga indeksatsiya qilinishi ma’lum qilindi.
Xususan, ayrim neft mahsulotlarining oshirilgan soliq stavkalari endilikda quyidagicha bo‘ladi:
Neft mahsulotlari
- 1 tonna AI-80 benzini 275 ming so‘m (2021 yil 1 fevraldan beri 240 ming so‘m edi);
- 1 tonna AI-92, AI-93 va AI-95 benzini 275 ming so‘m (o‘zgarishsiz qoldirilgan);
- 1 tonna dizel yonilg‘isi 264 000 so‘m (24 ming so‘mga qimmatlaydi).

Yakuniy iste’molchiga sotiluvchi tovarlarga solinadigan aksiz solig‘i
- benzin – 1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 512 ming so‘m;
- dizel yonilg‘isi – 1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 468 ming so‘m;
- suyultirilgan gaz – 1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 730 ming so‘m;
- siqilgan gaz – 1 kub metr uchun 550 so‘m.
Avvalroq AI-80 markali benzin narxi qimmatlashgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi
13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi
23:00 / 05.03.2025