Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirus cheklovlari bekor qilina boshladi
1 iyundan boshlab Shanhayda ayrim do‘konlar va savdo markazlari o‘z faoliyatini tiklaydi. Pekin markazidagi savdo majmualari va shahar chetidagi mehmonxonalar ochiladi.
Pekin va Shanhay hokimiyatlari koronavirus tarqalishi sababli kiritilgan qator cheklovlarni olib tashladi.
Ma’lumot berilishicha, o‘tgan sutkada mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 2936ta holat qayd etilgan bo‘lib, undan 8tasi Pekinda, 6tasi Shanhayda aniqlangan. Bir kun avval bu raqam 6392tani tashkil etgandi, deb xabar berdi CNBC.
1 iyundan boshlab Shanhayda ayrim do‘konlar va savdo markazlari o‘z faoliyatini tiklaydi. Jamoat transporti hozircha to‘liq ishga tushmaydi va shaxsiy avtomobillar maxsus ruxsatnomasiz harakatlana olmaydi. Xususiy kompaniyalarga o‘z ishini bosqichma-bosqich boshlashga ruxsat berildi.
Pekin markazidagi savdo majmualari va shahar chetidagi mehmonxonalar ochiladi. Shahar transporti to‘liq ishga tushdi.
Bir hafta ichida ko‘ngilochar parklar, kutubxonalar, muzey va sport zallari ishga tushadi. Restoranlar hozircha faqat taom yetkazi berish asosida ishlashi mumkin. Boshlang‘ich va o‘rta maktablar o‘quvchilari masofadan o‘qishda davom etadi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025