Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komil Allamjonov «Ozodlik radiosi» prezidenti va o‘zbek xizmati bosh muharriri bilan uchrashdi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov «Ozodlik radiosi» vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Komil Allamjonovning yozishicha, «Ozod Yevropa Radiosi / Radio Svobodnaya Yevropa («Ozodlik radiosi») mediakorporatsiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jyeymi Flay va «Ozodlik»ning o‘zbek xizmati bosh muharriri Pahlavon Sodiq bilan navbatdagi, ammo yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan va har ikki tomon uchun dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Ma’lumot uchun, «Ozodlik radiosi» bir qancha Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda MDH respublikalariga eshittirishlar olib boruvchi xalqaro radiostansiyadir. «Ozodlik radiosi» 28 tilda, shu jumladan, o‘zbek tilida ham ishlaydi.
Radioga sovuq urush paytida kommunizmga qarshi stansiya sifatida Germaniyaning Myunxen shahrida asos solingan. 1949 yildan 1995 yilgacha stansiyaning asosiy binosi shu yerda bo‘lgan. 1995 yil stansiyaning markazi Chexiya poytaxti Pragaga ko‘chirilgan.

Bundan oldin Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov O‘zbekiston matbuot erkinligi indeksida 133-o‘ringa chiqqaniga munosabat bildirgandi.
Mavzuga oid
13:48 / 21.05.2025
YeI Kavkaz va Markaziy Osiyoda "Ozodlik radiosi"ni qo‘llab-quvvatlaydi
09:33 / 30.04.2025
AQSh sudi: "Ozodlik radiosi" 12 mln dollar olishi kerak
08:33 / 04.04.2025
USAGM «Ozodlik radiosi»ning Rossiyadagi eshittirishlari translatsiyasini to‘xtatdi
17:35 / 27.03.2025