Qirg‘izistonda Atamboyevning qarorgohi musodara qilindi
Ma’lum qilinishicha, qarorgoh 2,70 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, uning negizida "keksa yoshli fuqarolar uchun statsionar muassasa" qurish taklif etilmoqda.
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qarorgohi davlat foydasiga musodara qilindi. Bu haqda davlat mulkini boshqarish fondi ma’lum qildi.
"Chuy oblasti Alamedin rayoni Qo‘ytosh qishlog‘idagi 2,70 gektar maydonda joylashgan Almazbek Atamboyevga tegishli uy musodara qilindi va davlat tasarrufiga o‘tkazildi", - deyiladi fond xabarida.
Ma’lum qilinishicha, mazkur maskan negizida "keksa yoshli fuqarolar uchun statsionar muassasa" qurish taklif etilmoqda.
Atamboyevning advokati Zamir Jooshevning so‘zlariga ko‘ra, fond xodimlari mazkur mulk musodara qilinishini tasdiqlovchi hech qanday hujjat ko‘rsatmagan.
"Fond raisi o‘rinbosari Kanat Riskulov uch kun ichida Almazbek Atamboyevning uyini bo‘shatish bo‘yicha og‘zaki ultimatum qo‘ygan. Hech qanday hujjat ko‘rsatishmadi, Atamboyevning oila a’zolarini chiqarib yuborish haqidagi sud qarorini gapirmasa ham bo‘ladi", - dedi Jooshev.
Atamboyev 2020 yil iyunda korrupsiyada aybdor deb topilib 11 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Tergov hujjatiga ko‘ra, u bir guruh shaxslar bilan kriminal avtoritet Aziz Batukayevning qamoqdan ozod qilinishiga yordam bergan.
Batukayev ishi bo‘yicha hukmdan so‘ng Atamboyev 47-sonli axloq tuzatish koloniyasiga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
21:30 / 26.08.2022
Atamboyevga davolanish uchun Moskvaga borishiga ruxsat berilmadi
20:09 / 28.06.2022
Atamboyev tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
18:45 / 16.06.2022
Atamboyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi
07:49 / 03.06.2022