Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida savdo-sanoat zonasi tashkil etiladi
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Tojikiston rasmiy va ishbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakillarini birlashtirgan O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov va Tojikiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Davlatali Said ochib berdi.
Yaqin kelajakda o‘zaro savdoni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida tez orada “Oybek” va “Fotexobod” nazorat punktlarining yonida “O‘zbekiston – Tojikiston” chegaraoldi savdo-sanoat zonasini tashkil qilish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Unda ishlab chiqarish obektlari, logistika markazlari va zarur infratuzilma joylashgan bo‘ladi.

Mamlakatlarning yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, elektrotexnika, tog‘-kon sanoati va energetika kabi sohalarda sanoat kooperatsiyasini yanada chuqurlashtirish borasidagi ishlarni faollashtirish niyati bildirildi. 2021 yilda xususiy sektor loyihalarini qo‘llab-quvvatlashning samarali vositasi sifatida tashkil etilgan O‘zbekiston-Tojikiston investitsiyaviy kompaniyasi imkoniyatlari ta’kidlandi.

Tadbir doirasida “B2G” va “B2B” formatidagi ishtirokchilarning maqsadli uchrashuvlari o‘tkazildi. Forum yakunlari bo‘yicha 1062,6 million dollarlik 75 savdo-iqtisodiy hujjat imzolandi.
Mavzuga oid
10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi
16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi
13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
18:28 / 08.04.2025