O‘zbekiston | 07:29 / 03.06.2022
28450
2 daqiqa o‘qiladi

Xaridorlar chekini ro‘yxatdan o‘tkazib, 16,5 mln so‘m keshbek to‘plagan kassir aniqlandi

Davlat soliq qo‘mitasi xaridorlar chekini ro‘yxatdan o‘tkazib, 16,5 mln so‘m keshbek to‘plagan kassir haqida ma’lumot berdi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Qayd etilishicha, fuqaro B.R aprel oyida 443 ta 1,8 mlrd so‘mlik cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazib, 18 183 656 so‘m keshbek to‘plagan. Shundan, 1,6 mlrd so‘mlik 152 ta cheklar «AA» korxonasidan olingan bo‘lib, ularga 16 485 000 so‘mlik keshbek hisoblangan.

O‘rganish natijasida ushbu fuqaro «AA» korxonasida kassir lavozimida ishlashi ma’lum bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar shubhali bo‘lgani sababli hisoblangan 16 485 000 so‘mlik keshbek summalari bekor qilingan.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12 maydagi 255-son qaroriga muvofiq, Davlat soliq qo‘mitasi onlayn nazorat kassa texnikasi chekini soliq organlari mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to‘g‘risidagi tasdig‘ini so‘rab olishga, xarid haqiqatda ushbu jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirganligi shubhali bo‘lgan taqdirda tovarlar (xizmatlar) qiymati bir qismini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Mavzuga oid