Xususiy «zapravka»larda 393 ming litr neft mahsuloti bilan bog‘liq qonun buzilishi holati aniqlandi
Xususiy AYoQShlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 393 ming litr neft mahsulotlari bilan bog‘liq qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari orqali iste’molchilarga yetkazib berilayotgan neft mahsulotlarini sifat va miqdor jihatidan amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi nazorat qilib kelinmoqda.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 25-28 may kunlari neft mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi 113 ta xususiy korxonalarga qarashli 117 ta AYoQShlarda navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida umumiy miqdori 393 ming litr neft mahsulotlari bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Jumladan, AYoQShlar sig‘imlarida saqlanayotgan 2 million 408 ming litr neft mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriya sharoitida tahlil etilganida 230 ming litr (10 foiz) mahsulot sifatsiz ekani, 150 ming litr kamomad va 13 ming litr ortiqchalikka yo‘l qo‘yilgani, 43 ta holatda iste’molchilardan har 10 litrda 10 millilitrdan 740 millilitrgacha urib qolinayotgani aniqlangan.
Shuningdek, tadbir davomida AYoQShlarda 450 ga yaqin texnik va metrologik kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Respublika bo‘yicha aniqlangan qonun buzilishi holatlarining asosiy qismi Andijon viloyati (94 ming litr), Surxondaryo viloyati (70 ming litr), Toshkent viloyati (44 ming litr), Namangan viloyati (38 ming litr), Sirdaryo viloyati (23 ming litr), Farg‘ona viloyati (39 ming litr), Toshkent shahri (18 ming litr), Jizzax viloyati (21 ming litr) va Samarqand viloyatiga (22 ming litr) to‘g‘ri kelmoqda.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Mavzuga oid
10:39 / 18.11.2024
Metan zapravkada 10 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
10:50 / 29.10.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
07:30 / 23.10.2024
Toshkent viloyatidagi ayrim zapravkalarda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
09:12 / 27.07.2024