Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Rayhon» milliy taomlar oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘in natijasida yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniq emas.
6 iyun kuni soat 18:37 da Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan «Rayhon» milliy taomlar binosining tom qismida yong‘in kelib chiqqan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, yong‘in haqidagi xabarga asosan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:03 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in sabablari hamda yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniq emas.
Avvalroq olovni mustaqil o‘chirish uchun qilingan harakat Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv binosi yonidagi oshxonada kelib chiqqan yong‘in kattalashib ketishiga sabab bo‘lgan, Olmazor tumanida joylashgan ikki qavatli milliy taomlar oshxonasi yonib ketgan, Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida yuz bergan yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:10 / 03.07.2024
Toshkent ko‘chalarida katta tezlikda harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
19:35 / 29.06.2024
Chilonzorcha spektakl: Novza ko‘chasidagi o‘rindiqlar joyiga qaytarildi
16:10 / 29.06.2024
“Mehmonga kelgan” o‘rindiqlar – Chilonzorda odamlar ko‘z o‘ngida ko‘zbo‘yamachilik bo‘lmoqda
11:13 / 06.05.2024