Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida dori vositalarini dorixonadan tashqarida sotish holati aniqlandi
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida dori vositalarini dorixonadan tashqarida sotish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro Sh.S. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, 100 quti “Geparen-belmed” va 600 quti “Kleksan” nomli dori vositalarini fuqaro D.ga 134,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
19:51 / 02.04.2025
Chirchiqda janjal oqibatida bir kishi vafot etdi
12:46 / 16.03.2025