Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbul – Farg‘ona yo‘nalishida harakatlangan samolyot Namangan aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Farg‘ona aeroportidagi ob-havo (kuchli shamol) sabab Istanbul – Farg‘ona yo‘nalishida harakatlangan HY-278 aviaqatnovi Namangan aeroportiga qo‘ndi.
Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, ob-havo yaxshilanganidan so‘ng ushbu reys Farg‘ona aeroportiga soat 23:00 da parvozni amalga oshirgan.
Shuningdek, Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishidagi HY-82 aviaqatnovi vaqti ham o‘zgargan va u 00:30 ga ko‘chirilgan.
Aviakompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘ragan.
Avvalroq Uzbekistan Airways samolyot bortida quloqchinlar yo‘qligiga izoh bergandi.
Mavzuga oid
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:33 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
18:23 / 16.05.2025