Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi
Tez harakatlanib kelgan Nexia-3 xavfli burilish joyida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetiga chiqib ag‘darilib ketgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 4 iyun kuni Payariq tumani hududida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Forish-Payariq bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Nexia-3 mashinasi yo‘lning xavfli burilish joyiga kelganda boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilgan. Oqibatda mashina haydovchisi 25 yoshli yigit voqea joyida halok bo‘lgan. Uning do‘sti, og‘ir tan jarohatlari olgan yigit shifoxonada vafot etgan.
Avvalroq, Oqdaryo tumanida Nexia-3 mashinasi piyodalar yo‘lakchasida urib yuborgan 4 yoshli qiz vafot etgandi.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024