Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha IIB, qamoqxona va prokuratura binolarida muqobil energiya qurilmalari o‘rnatiladi
Shavkat Mirziyoyev raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, yig‘ilishda quyidagi binolarda muqobil energiya qurilmalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi:
barcha viloyat, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma va bo‘limlarida hamda jazoni ijro etish muassasalarida;
barcha tuman soliq inspeksiyalari va viloyat soliq boshqarmalarida;
barcha viloyat, tuman va shahar prokuraturalari, Bosh prokuratura departamenti va majburiy ijro boshqarma va bo‘limlarida;
barcha viloyat, tuman va shahar adliya idoralari, davlat xizmatlari markazlari, FHDYo bo‘limlarida;
barcha viloyat, shahar va tuman moliya, g‘azna, pensiya idoralari, sug‘urta tashkilotlarida;
kamida 1 mingta mahalla idorasi binolarida.
Yig‘ilishda belgilab berilgan chora-tadbirlar hisobiga joriy yilning o‘zida muqobil energiya manbalari qurilmalarining qo‘shimcha 1 trillion so‘mlik bozori yaratiladi.
“Shu munosabat bilan har bir viloyatda kamida 1 tadan shunday qurilmalarni ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish lozimligi ta’kidlandi”, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024