O‘zbekiston | 15:10 / 10.06.2022
9618
2 daqiqa o‘qiladi

Energiya resurslari bo‘yicha xarajatlarni kamaytirmagan davlat idoralari rahbarlariga chora ko‘rish boshlanadi

Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar qilishicha, Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universitetida 100 kilovatt quvvatli quyosh elektr uskunasi o‘rnatilib, yiliga 200 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda, 36 ta suv isitish qurilmasini o‘rnatish hisobiga yiliga 4,2 mln kilovatt soat yoki qariyb 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasi tejalmoqda.

Yig‘ilishda Oliy ta’lim vazirligiga ushbu tajribani barcha oliygohlarda 2022 yilning o‘zida joriy qilish topshirildi.

Prezident vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini ham muqobil energiyaga o‘tkazish vaqti kelganini ta’kidladi. Vazirlik va idoralarda elektr va issiqlik energiyasi xarajatlarini kamida 25 foizga qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Qayd etilishicha, Moliya vazirligi:

  • davlat idoralarida energiya resurslari iste’moli bo‘yicha normativlarni ishlab chiqadi;
  • yil yakuni bilan xarajatlarni kamaytirmagan rahbarlarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha taklif kiritadi;
  • xorijiy konsultantlarni jalb qilib, barcha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy obektlarda Energiya tejamkorlik milliy dasturini ishlab chiqadi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid