Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya qurol zaxiralarini to‘ldirmoqda, zavodlar uch smenada ishlay boshlagan
Rossiya harbiy texnika va qurol-yaroq zaxiralarini to‘ldirmoqda. Bu haqda mamlakat harbiy ishlab chiqarish kollegiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Andrey Yelchaninov «Interfaks» bilan suhbatda aytgan.
Yelchaninovning aytishicha, Rossiya harbiy ishlab chiqarish kompleksi yuqori quvvatda, tinimsiz ishlamoqda. Ko‘pchilik zavodlar ikki smenada ishlayapti, ba’zilari uch smenali uzluksiz ishlash tizimiga o‘tgan. Uning aytishicha, korxonalar Rossiya Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa kuch ishlatar tuzilmalardan tashqari o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» va «Lugansk xalq respublikasi» militsiya xizmatlari buyurtmalariga asosan qurol ishlab chiqarmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi o‘qdori buyurtma qilishni oshirgan: «Aniq yetib boruvchi o‘qdorilar ishlab chiqarish birlamchi maqsad bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlarda ehtiyojga qarab uchuvchisiz texnika, aviatsiya va zirhli texnika buyurtma qilishmoqda», degan Yelchaninov.
Uning aytishicha, Rossiya harbiylar ehtiyojlarini qoplashdan tashqari qurol-yaroq hamda harbiy texnika zaxiralarini to‘ldirishga e’tibor qaratgan, shu sabab ba’zi zavodlar tinimsiz ishlash rejimiga o‘tgan, barcha zaxira texnika va ishchi kuchlari jalb qilingan.
Mavzuga oid
13:37 / 17.05.2025
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi
18:28 / 15.05.2025
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025