Toshkent aeroportida samolyot qo‘nishi bilan bog‘liq keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi
9 iyun kuni «Toshkent» aeroportida havo kemasining qo‘nishi paytida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Foto: Uzbekistan Airports
Afsonaga ko‘ra, qo‘nish jarayonida samolyotning old shassisi ishdan chiqadi va natijada yong‘in boshlanadi. Samolyot bortida 75 yo‘lovchi, ekipaj a’zolari va 10 kg xavfli yuk bor. Aeroport dispetcheri uchuvchidan shassi nosozligi haqidagi signalni olgach, barcha xizmatlarni xabardor qiladi. Aeroport va yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati xodimlari zudlik bilan uchish-qo‘nish maydoniga yetib boradi.

«Uyushtirilgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga aeroportning 13 ta xizmati — 117 kishi, 47 ta texnika va Tu-154 o‘quv samolyoti jalb etildi. Shifokorlar va qutqaruvchilar yaradorlarni evakuatsiya qildi, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirdi, radiatsiya va kimyoviy himoya bo‘limi xavfli yuklarni tushirdi. Aeroport xodimlari esa shartli yo‘lovchilar. Har bir kishiga o‘z «roli» va favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun ma’lum vaqt ajratilgan. Hamma narsa imkon qadar ishonarli ko‘rinishi kerak», — deyiladi Uzbekistan Airports xabarida.
Mashg‘ulotlar aviafalokat sodir bo‘lgan taqdirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent aeroporti bo‘linmalari idoralararo o‘zaro hamkorligini amaliy sinovdan o‘tkazish, aeroportdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda kadrlar tayyorgarligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.





Mavzuga oid

23:36 / 26.03.2025
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

15:47 / 26.03.2025
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi

23:51 / 25.03.2025