O‘zbekiston | 13:14 / 11.06.2022
12368
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bu yil 50 ta kichik GES qurilishini boshlash rejalashtirilgan

Shavkat Mirziyoyev raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, yig‘ilishda hududlarda mikro va kichik GESlar qurish uchun maydonlar belgilanib, jami 56 megavattli 200 ta loyiha ishlab chiqilgani ta’kidlandi (yiliga 202 million kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi).

Bunda:

500 kilovattgacha bo‘lgan GESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining boshlang‘ich xarid narxi tadbirkorlar uchun jozibador tariflarda belgilanadi;

loyiha uchun yer uchastkasi auksion g‘olibiga uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Shu bilan birga, 1 megavattgacha quyosh va shamol, 5 megavattgacha mikroGESlarning ortiqcha elektr energiyasi kamida 10 yil davomida davlat tomonidan kafolatli xarid qilinadi.

Yil yakuniga qadar Andijon viloyatida 15 ta, Namanganda 10 ta, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida 6 tadan, Samarqand, Sirdaryoda 2 tadan, Buxoro, Jizzax, Farg‘onada 1 tadan loyihani boshlashga ko‘rsatma berildi.

Umuman, mamlakat gidroenergetika salohiyatini hisob-kitob qilib, xususiy sheriklik loyihalarini boshlash topshirildi.

Mavzuga oid