Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga eng ko‘p turistlar qaysi davlatdan kelayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonga aprel oyida necha nafar turist kelgani va eng ko‘p tashrif qaysi davlatdan ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2022 yilning aprel oyida 269,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 181,4 ming nafarga yoki 3,1 baravarga oshgan.
O‘zbekistonga aprel oyida turistik maqsadda tashrif buyurgan fuqarolarning eng ko‘p qismi Qozog‘istondan kelgan – 81,2 ming nafar.
Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 69,9 ming nafar va 69,1 ming nafar turist kirib kelgan Tojikiston hamda Qirg‘iziston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
Rossiya – 29,3 ming nafar;
Turkiya – 4,5 ming nafar;
Germaniya – 1,4 ming nafar;
Fransiya – 1,2 ming nafar;
Belarus – 1,2 ming nafar;
Koreya – 900 nafar;
Buyuk Britaniya – 800 nafar;
Ispaniya – 700 nafar;
AQSh – 700 nafar;
Italiya – 500 nafar.
Bundan oldin Rossiya O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni bo‘yicha hamon yetakchilik qilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
21:25 / 25.05.2025