Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Kitob tumanining sobiq hokimi viloyat hokimi o‘rinbosari bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani sobiq hokimi Alisher Isamiddinovich Zokirov viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘ladi. Bu haqda bugungi sessiyada viloyat hokimi ma’lum qildi.
A.Zokirov 1976 yilda tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
U 2019 yil oktyabridan buyon Kitob tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bundan oldinroq Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam Pardayev Kitob tumani hokimi lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi
17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi
11:53 / 06.05.2025