Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Geyts NFT va kriptovalutalarni «ahmoqlarga mo‘ljallangan» yolg‘on deb atadi
Bill Geytsning so‘zlariga ko‘ra, kriptovalutalar va tokenlar na uzun, na qisqa aktivlar toifasiga kiradi.
Amerikalik milliarder, Microsoft kompaniyasi hammuassisi Bill Geyts raqamli aktivlar — kriptovalutalar va o‘zaro almashtirilmaydigan tokenlarni (NFT) narxi ortiqcha baholangan yolg‘on deb atadi.
Geytsning fikricha, NFT va kriptovalutalarning ommaviyligi «yuz foiz katta ahmoq nazariyasiga» asoslangan.
Ushbu nazariyaga ko‘ra, narxi ortiqcha baholangan aktivlarning qiymati o‘sishda davom etadi, chunki ularni kelgusida qimmatroqqa sotish imkoniyati mavjud – bu aktivlarni qimmatroqqa sotishni mo‘ljallagan boshqa xaridor - «katta ahmoq» har doim topiladi.
Geytsning so‘zlariga ko‘ra, kriptovalutalar va tokenlar na uzun, na qisqa aktivlar toifasiga kiradi.
Bill Geyts o‘tgan yili ham kriptovalutalarni tanqid qilgan, bitkoynlar investorlar uchun xatarli, kriptovaluta mayningi atrof-muhit uchun zararli ekanini aytgandi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
20:26 / 15.05.2025
Kriptofiribgarlar Telegram orqali 27 mlrd dollar pul yuvgani ma’lum bo‘ldi
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
20:18 / 08.05.2025