Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinadi
2023 yildan boshlab texnikumlarning a’lochi bitiruvchilari oliygohlarga imtihonsiz kirishi mexanizmi bekor qilinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev shunday topshiriq berdi.
Prezident raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitishni takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
“Umuman, texnikumlarga bo‘lgan yondashuvlarni o‘zgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yo‘li emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim bo‘lishi kerak”, dedi davlat rahbari.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi belgilandi.
Moliya vazirligiga oliygoh talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli ta’lim kreditini yangi o‘quv yilidan texnikum va kollej o‘quvchilari uchun ham joriy etish topshirildi.
Kollej va texnikumlarda o‘qish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila a’zolari uchun subsidiyalar ko‘paytiriladi.
Oliy ta’lim vazirligiga ikki oy muddatda 207 ta texnikum faoliyatini o‘rganib, samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq berildi.
Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga o‘tkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi
19:09 / 12.05.2025
Kambag‘al oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
15:42 / 12.05.2025