Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta’limga o‘qishga kirishda xotin-qizlarga qo‘shimcha 2 mingta davlat granti ajratiladi
“Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratib boriladi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasini olgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2022/2023 o‘quv yilidan bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi. Bunda:
- tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlari kamida 50 foizi aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari orasida taqsimlanadi;
- har yili 20 iyulgacha tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun davlat granti o‘rinlari OTM va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saytida e’lon qilinadi.
Quyidagilar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi:
2021/2022 o‘quv yilida davlat OTM magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori;
2022/2023 o‘quv yilidan davlat OTM magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlar to‘lov-kontrakt miqdori.
Mavzuga oid
10:26 / 03.07.2024
O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi
16:50 / 24.06.2024
Senat raisi “Rahbar ayollar maktabi” tinglovchilari bilan uchrashdi
10:42 / 02.06.2024
Xotin-qizlarni eng ko‘p ishga olgan 10 ta korxona ma’lum qilindi
20:21 / 23.05.2024