Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadoqat Siddiqova oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Sadoqat Siddiqova oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, Sadoqat Siddiqova mazkur tayinlovga qadar Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Qayd etilishicha, Sadoqat Siddiqova 2018 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Shuningdek, vazirlik tuzilmasida professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti ham tashkil etilmoqda.
Bundan oldin 45 ta kollej o‘rnida monomarkazlar tashkil etilishi xabar berilgandi.
Yangi tizimga ko‘ra, 45 ta kollej Bandlik vazirligi tizimiga o‘tkazilib, ularning o‘rnida monomarkazlar tashkil etiladi.
Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar maktablari va texnikumlarni boshqarish va metodik ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi
19:09 / 12.05.2025
Kambag‘al oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
15:42 / 12.05.2025