Urganchda Al-Xorazmiy majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi
Xorazm viloyati markazida «shahar ichidagi shahar» - Al-Xorazmiy majmuasi qurilishi boshlandi.
15 iyun kuni Urganch shahrida umumiy maydoni 140 gektar bo‘lgan Al-Xorazmiy majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.
Tadbirda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, qurilish vaziri Botir Zakirov, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Loyihaga ko‘ra, bu yerda universitet, talabalar yotoqxonasi, IT-park, uylar, 3 ming o‘rinli maktab va 1,5 ming o‘rinli bog‘cha, madaniyat va sport majmualari, avtoturargohlar quriladi. Shaharcha markazida «Yangi O‘zbekiston» bog‘i - Muhammad al-Xorazmiy sayilgohi barpo etilib, buyuk allomaning 30,5 metrlik haykali o‘rnatiladi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda texnopark va zamonaviy to‘qimachilik korxonalari qurilib, ishga tushiriladi.
Al-Xorazmiy majmuasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilmoqda.
«Bu yer shahar ichidagi shahar bo‘ladi. Universitet, innovatsion markaz va maktablar ilm va ta’lim klasterini tashkil etadi. Bu yerda ishlovchilar uchun uy-joylar, ilmga asoslangan sanoat zonasi ham bo‘ladi. Bu shaharchani shunga munosib qilib, sifatli qurish kerak», - degan edi davlat rahbari.
Mavzuga oid
15:37 / 07.11.2024
Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
13:42 / 28.09.2024
Urganchda O‘zbekiston – Polsha biznes-forumi o‘tkazildi
13:30 / 17.09.2024
Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
15:50 / 23.06.2024