Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Ukraina va Moldovaga YeIga nomzodlik maqomini berishni rasman tavsiya qildi
YeI ijroiya organi bu mamlakatlarga kelgusida bajarishi zarur bo‘lgan qator talablarni ilgari surgan. Talablar sud, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog‘liq.
Foto: Picture Alliance
Yevrokomissiya Ukraina va Moldovaga Yevroittifoqqa kirishga nomzodlik maqomini berishni tavsiya qildi. Bu haqda YeK rahbari Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, YeI ijroiya organi bu mamlakatlarga kelgusida bajarishi zarur bo‘lgan qator talablarni ilgari surgan. Talablar sud, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash bilan bog‘liq.
Yevrokomissiya qaroriga ko‘ra, Gruziya ham «ustuvor vazifalarni bajarganidan so‘ng» YeIga nomzodlik maqomini olishga da’vogarlik qilishi mumkin.
Ukraina va Moldova nomzodlik maqomini olishi uchun Yevropa kengashi tarkibidagi 27 davlat rahbarlari va hukumat vakillarining bir ovozdan ma’qullovi talab qilinadi.
Yevrokengash a’zolari kelasi haftada Bryusselda bo‘lib o‘tadigan sammitda bu masalani muhokama qilishi kutilmoqda, deb yozadi Politico. Nashrning ma’lumot berishicha, kamida uch mamlakat Ukrainaga nomzodlik maqomini berishga qarshi chiqmoqda.
Yevroittifoqqa kirish murakkab qadamlar va shartlarni o‘z ichiga olgan jarayon bo‘lib, u 10 yildan ortiq vaqtni olishi mumkin, deya qayd etgan Bloomberg.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025