Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev Rossiya taklif etgan ordenni rad etdi - OAV
Siyosatshunos Yerbol Yedilovning yozishicha, Rossiya tomoni Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlashni taklif qilgan. To‘qayev bu taklifni rad etgan.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev prezidentlik vakolati yakunlanmagunicha milliy va xorijiy mukofotlarni olmaslikka qaror qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
Siyosatshunos Yerbol Yedilovning yozishicha, Rossiya tomoni Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlashni taklif qilgan.
"Davlat rahbari ushbu e’tirof uchun minnatdorlik bildirdi. Ammo u prezidentlik vakolati yakunlanmagunicha milliy va xorijiy mukofotlarni olmaslikka qaror qilgan. Shu sababli prezident Bishkekka tashrifi chog‘ida birinchi darajali "Manas" ordenini olishni rad etgan", - deb yozgan u.
Xabar berilishicha, To‘qayevning matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.
Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev Peterburg iqtisodiy forumidagi chiqishida uning mamlakati o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
12:16 / 17.05.2025
To‘qayev tug‘ilgan kunini nishonlamaydi - Oqo‘rda
17:23 / 09.05.2025
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi
16:29 / 15.04.2025
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi
17:19 / 11.04.2025