Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya bilan o‘yin vaqtida «Bunyodkor» stadioni atrofidagi yo‘llar yopiladi
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi futbol uchrashuvi munosabati bilan «Bunyodkor» stadioniga tutash ko‘chalar yopiladi.
19 iyun kuni O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida U-23 Osiyo kubogining final bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarida soat 12:00 dan soat 24:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:
- Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor va KHAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilamiz», – deyiladi YHXX xabarida.
Mavzuga oid
15:56 / 10.10.2024
O‘zbekiston - Eron o‘yini sababli «Bunyodkor» stadioni yaqinidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
21:22 / 17.03.2023
“Muammoning yechimi bor” – ertangi final va chipta biznesidagi olibsotarlar haqida
18:45 / 17.03.2023
«Har bahorda shu bo‘lar takror» - final chiptalari qo‘lga chiqib ketgan
10:01 / 19.06.2022