Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya va Avstriya ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalarini qaytadan ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Iyun o‘rtalarida «Gazprom» «Shimoliy oqim» quvuri orqali gaz yetkazib berishni 60 foizga kamaytirdi. Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habekning so‘zlariga ko‘ra, elektr energiyasi ishlab chiqarishda gaz iste’molini kamaytirish uchun ko‘mirdan foydalanish zarur.
Germaniya va Avstriya Rossiyadan gaz yetkazib berish kamaygani sababli atmosferani ifloslantirmaslik uchun yopib qo‘yilgan ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalarini qaytadan ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Bloomberg.
Elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirdan foydalanish «achchiq, lekin mavjud vaziyatda gaz iste’molini kamaytirish zarur», dedi Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek.
Elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirdan foydalanishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi Germaniya parlamentida ko‘rib chiqiladi va 8 iyul kuni yuqori palatada muhokama qilinganidan keyin kuchga kirishi lozim.
Yevropada ikkinchi bo‘lib elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirdan butunlay voz kechgan Avstriya hukumati 19 iyun kuni Verbund davlat kompaniyasiga Mellahdagi yopib qo‘yilgan ko‘mir elektr stansiyasini qayta ishga tushirishga tayyorlash topshirig‘ini berdi.
Shu tarzda Avstriya ko‘mirdan elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalanishga qaror qilgan Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya safiga qo‘shilmoqda.
Iyun o‘rtalarida «Gazprom» «Shimoliy oqim» quvuri orqali gaz yetkazib berishni 60 foizga kamaytirdi.
Qayd etilishicha, Germaniya iqtisodiyotining 35 foizi Rossiya gaziga bog‘liq. Hozirda Germaniyadagi gaz omborlari 57, Avstriya gaz omborlari esa 39 foizga to‘ldirilgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025