O‘zbekiston | 13:02 / 20.06.2022
8521
2 daqiqa o‘qiladi

Homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi o‘tkazilmoqda.

“Insonning mehnatga va munosib hayot sharoitlariga, ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqlarining ishonchli himoyasini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish – konstitutsiyaviy islohotlarning muhim maqsadidir.

Mazkur ishlar muntazam, tizimli amalga oshirilishi, ortga qaytmaydigan jarayonga aylanishi uchun mustahkam konstitutsiyaviy kafolat lozim.

Bundan tashqari, Asosiy qonunimizda har bir shaxsning qulay mehnat sharoitida ishlash, mehnati uchun munosib haq olish huquqini mustahkamlash, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda bo‘lishini belgilashni taklif etaman. 

Bosh qomusimizda homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi qat’iy belgilab qo‘yilishi shart. 

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik ham o‘z aksini topishi zarur”, deydi davlat rahbari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid