Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konstitutsiyada «oila ayol va erkak ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi» kerakligi mustahkamlab qo‘yiladi
Konstitutsiyada “oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi”, jamiyatning tabiiy va tayanch bo‘g‘ini, jamiyat va davlatning alohida himoyasida ekani mustahkamlab qo‘yiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
“Har qanday inson uchun muhim va muqaddas qadriyat – bu uning oilasi. Sog‘lom va mustahkam oila – davlat tayanchi va jamiyatning asosiy bo‘g‘ini.
Kattaga hurmat, kichikka izzat, odamiylik, mehr-oqibat, ona Vatanga muhabbat va sadoqat kabi olijanob fazilatlar avvalo oilada qaror topadi.
Bugungi globallashuv zamonida oila institutini har tomonlama himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish zarurati tobora kuchaymoqda.
Bosh qomusimizda oila institutining konstitutsiyaviy asoslarini rivojlantirish maqsadida “oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi”, jamiyatning tabiiy va tayanch bo‘g‘ini, jamiyat va davlatning alohida himoyasida ekanini mustahkamlab qo‘yishni taklif etaman.
Shuning uchun davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratishi, ko‘p bolali oilalarga qonunga muvofiq imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar yaratib berishi lozim.
Shunda oilaning iqtisodiy va ma’naviy asoslari yanada mustahkam bo‘ladi”, dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev mavzuni davom ettirdi:
“Bosh qomusimizda bolaning manfaatlari, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida o‘z aksini topishi zarur.
Shu bilan birga, davlat iqtidorli yoshlarni, ularning moddiy ahvolidan qat’i nazar, doimo qo‘llab-quvvatlashini mustaqil qoida sifatida belgilab qo‘yishimiz kerak.
Asosiy qonunimizga quyidagi qoidani kiritishni taklif etaman:
“Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarzi tamoyillari asosida ma’naviy va axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun zarur sharoitlarni yaratadi”.
Shuningdek, Konstitutsiyamizga “Ota-onalar o‘z farzandlari voyaga yetguniga qadar ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lig‘i, to‘laqonli va barkamol rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish huquqiga ega va bunga majburdir”, degan qoidani kiritish yosh avlod taqdiri uchun mas’uliyatni yanada oshirishga xizmat qiladi”.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024