O‘zbekiston | 13:08 / 20.06.2022
7838
2 daqiqa o‘qiladi

Konstitutsiyaga davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolar haqida g‘amxo‘rlik qilishiga oid qoida kiritiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi o‘tkazilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishcha, chet elda bilim olayotgan, mehnat qilib daromad topayotgan fuqarolarni, ularning mamlakatda yashayotgan oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 

“Bunday faoliyat hech qachon to‘xtab qolmasligi uchun Konstitutsiyamizga davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolarimiz hamda vatandoshlar bilan muntazam aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qiladi, degan qoidani kiritish darkor.

Biz uchun inson salomatligi – millat hayotining davomiyligini ta’minlash, uning genofondini saqlash, barqaror milliy strategiyamizning muhim tarkibiy qismidir.

Bu maqsadlarga erishish uchun, menimcha, Konstitutsiyamizda belgilangan “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”, degan umumiy norma yetarli emas.

Bu moddani kengaytirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanadigan normalar bilan boyitish shart, deb hisoblayman”, dedi prezident.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid