O‘zbekiston | 10:59 / 20.06.2022
10272
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: «Inson qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak»

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi o‘tkazilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda hozirgi islohotlar bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni Konstitutsiya mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotda bosh qadriyatga aylantirish zarur.

“Bu savollarning barchasiga javobni puxta ishlangan huquqiy normalar orqali Konstitutsiyamizda aks ettirish – davr taqozosidir.

Ma’lumki, Asosiy qonunimizning 12-moddasida hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi qayd etilgan. Bu – o‘ta muhim va juda to‘g‘ri belgilangan konstitutsiyaviy qoidadir. 

Chinakam xalq mafkurasini, millatning eng muqaddas orzu-intilishlarini faqat uning Bosh hujjati – Konstitutsiyasida to‘liq ifoda etish mumkin. Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim.

“Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarur. Ya’ni, insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak", dedi prezident.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid