O‘zbekiston | 17:32 / 20.06.2022
13155
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda issiq suv ta’minoti qisman to‘xtatiladi

Toshkent shahrida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” xabar berdi.

Foto: GO29.ru

Qayd etilishicha, "ToshIEM"ga keluvchi yuqori bosimli magistral gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgan.

Shu sababli, bir necha tumanlarning ayrim hududlarida 2022 yil 20 iyun soat 18:00 dan 21 iyun soat 06:00 ga qadar issiq suv ta’minoti vaqtincha qisman to‘xtatiladi.

Ushbu tumanlar:

  • Mirobod;
  • Yakkasaroy;
  • Yashnobod;
  • Mirzo Ulug‘bek;
  • Yunusobod;
  • Shayxontohur;
  • Chilonzor;
  • Sergeli.

Yuqori bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilishi bilan issiq suv ta’minoti tiklanishi aytilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid