Jizzaxda ikki cho‘ponning janjali qotillik bilan yakun topdi

Foto: Videodan kadr
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 19 iyun kuni soat 7:00 larda Zarbdor tumanida ikki nafar cho‘ponning o‘zaro janjali o‘lim bilan yakun topgan.
Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasida cho‘ponlik qiluvchi, 1993 yilda tug‘ilgan shaxs qoramollarini haydab ketish uchun ularni Bunyodkor ko‘chasida yashovchi 1968 yilda tug‘ilgan mahalladoshining uyi oldiga to‘plagan.
Xonadon egasi cho‘ponga qoramollarni uyi oldidan haydashini talab qilgan. Shu yerda o‘zaro kelishmovchilik janjalga aylangan.
Janjal davomida cho‘pon mahalladoshini yerga yiqitib, yuzi va bosh qismiga bir necha marta urgan. Shundan so‘ng kaltak yegan shaxs sumkasidan oshxona pichog‘ini chiqarib, cho‘ponning tanasiga zarba bergan va unga jarohat yetkazgan.
Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan cho‘pon tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tarzda ushlanib, vaqtincha saqlash xonasiga joylashtirilgan.
Avvalroq, Baxmal tumanida uch kunda ikkita qotillik sodir etilgandi.
Mavzuga oid

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

14:15 / 14.04.2025
22 yoshli qotil, uch qurbon va kichik guvoh – Popdagi qotillik tafsiloti

21:18 / 10.04.2025