Karmanadagi korxona o‘zi ishlab chiqarayotgan nanomahsulotlar eksporti ko‘lamini oshirmoqchi
Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Karmana tumanida joylashgan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat yuritayotgan “Telecom Devices PRO” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, jarayonlar bilan tanishdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2016 yilda faoliyat boshlagan korxonada bugungi kunda 152 nafar mahalliy yoshlardan iborat ishchi-xodim mehnat qiladi.
Bu yerda SDMA uyali va statsionar telefonlar, GSM uyali telefonlari, Wi-Fi tarqatuvchi simsiz routerlar (Mi-Fi), Wi-Fi tarmoqlari bilan jihozlangan USBD ongle modemlar, GPS – navigatorlar bilan jihozlangan bolalar “aqlli” soatlari, “O‘zbekiston” rusumli milliy smartfonlar, elektr rozetkasi va tok ulagichlari, optik aloqa tarmog‘i uchun splitterlar, monoblok kompyuterlar, quyosh energiyasida ishlovchi ko‘cha yoritgichlari kabi 10 dan ortiq turdagi zamonaviy nanomahsulotlar ishlab chiqariladi.
Normat Tursunov korxonada ishlab chiqarish quvvatini oshirish va mahsulotlar turini ko‘paytirish borasidagi rejalar bilan batafsil tanishib, eksport qilish ko‘lami va geografiyasini yanada kengaytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Mavzuga oid

18:50 / 16.03.2024
Navoiyda 4 oylik chaqalog‘ini sotishga uringan ayol qamaldi

07:33 / 10.04.2023
Navoiyda 3 qavatli qurilish mollari savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

08:28 / 31.12.2020
Fransiya taraqqiyot agentligi Navoiyda oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiradi

23:40 / 15.11.2020