Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 26 ta mahallaga qo‘shimcha 12 ta avtobus yo‘nalishi ochiladi
Toshkent shahrida jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga qo‘shimcha 12 ta avtobus yo‘nalishlari ochiladi.
Toshkent shahrida jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga qo‘shimcha 12 ta avtobus yo‘nalishlari ochilib, metropoliten yo‘nalishlari bilan bog‘lanadi.
Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ulardan ilk avtobus yo‘nalishi harakati joriy yil iyul oyidan yo‘lga qo‘yiladi.
Qayd etilishicha, ushbu avtobus Yunusobod tumanining jamoat transporti yetib bormagan Tiklanish, Hasanboy va Hamkorobod mahallalari orqali Xolis, Nurmakon, Yuqori Qoraqamish, Moyqo‘rg‘on, Ahmad Donish ko‘chalaridan Yunusobod metrosigacha harakatlanadi.
Yangi tashkil etiladigan yo‘nalishda 3 ta avtobus harakatlanib, ularning oraliq intervali 12-13 daqiqani tashkil etadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025