O‘zbekiston | 11:30 / 22.06.2022
5419
1 daqiqa o‘qiladi

Bursada «Lazgi» baleti namoyish etiladi

Bursa shahridagi Merinos Otaturk sahnasida “Lazgi” baleti namoyish etiladi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Foto: t.me/SShMirziyoyeva

“Turkiya bilan O‘zbekistonni, ayniqsa, Xorazmni umumiy ildizlarimiz - madaniyat, tarix va til birlashtiradi. Biz Turkiyada o‘zbek milliy raqs durdonasini namoyish etish imkoniyati tug‘ilganidan nihoyatda mamnunmiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.  

U “Lazgi” baleti turk tomoshabiniga an’analarni tanitishga va madaniyatlararo rishtalarni yanada mustahkamlashga yordam berishiga umid qilgan.

Qayd etilishicha, 28-29 iyun kunlari ushbu balet Bursa shahridagi Merinos Otaturk sahnasida namoyish etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid