Jahon | 14:34 / 22.06.2022
31370
5 daqiqa o‘qiladi

Ilon oroliga berilgan zarba izlari, Donbass dalasidagi raketalar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 118-kuni o‘tdi.

21 iyun kuni Yevropa investitsiya banki rahbari Verner Goyer Ukrainani tiklash uchun xarajatlar trillion dollardan oshishini prognoz qildi. AQSh Kalingrad oblastiga sanksiyaga tushgan mahsulotlarni o‘tkazmasdan Rossiya bilan bahslashayotgan Litvani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Rossiya IIV xabariga ko‘ra, «aytishniklar» xorijga chiqib ketishi tufayli Rossiyada 170 ming mutaxassis yetishmayapti. Rubl dollar va yevroga nisbatan birja savdolarini so‘nggi yetti yillikdagi maksimumlarda yakunladi, 22 iyun tongida yevro kursi 2015 yil 27 mayidan buyon ilk bor 56 rubldan pastga tushdi.

AQSh bosh prokurori Merrik Garland va Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova Polshaning Ukraina bilan chegaradagi Krakovets shahrida uchrashdi. Foto: AP Photo/Nariman El-Mofty

Quyida 21 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Zmeiniy (Ilon) oroli

Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan Qora dengizdagi Zmeiniy (Ilon) orolining sun’iy yo‘ldoshdan olingan surati. Orolning shimoliy qismida yong‘in izlari, janubida — vayron qilingan minora va yonib ketgan daraxtlar ko‘rinadi. Hozirda orolda Rossiya qo‘shinlarining pozitsiyalari va havo hujumidan mudofaa tizimlari joylashgan.

Donbass shimoli 

Scott Olson / Getty Images

Drujkovka shahridagi bino snaryad tegishidan yonib ketgan. Drujkovka Donetsk oblasti shimolida, Kramatorskdan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan. 20 iyun kuni Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya Kramatorsk yo‘nalishida faol harakatlanmayotgani, ukrainlarning tutashuv chizig‘idagi pozitsiyalarini o‘qqa tutayotgani haqida xabar bergandi. 

Ukraina Qurolli kuchlari xodimi Drujkovkadagi otishma va undan keyingi yong‘in paytida vayron bo‘lgan omborni ko‘zdan kechirmoqda.
Scott Olson / Getty Images
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida zarbaga uchragan kungaboqar dalasida fermerlar rossiyaliklar raketasi qoldiqlarini ko‘zdan kechirmoqda. Ukraina Bosh shtabi xabar qilishicha, Rossiya armiyasi Donetsk yo‘nalishida hujumni kuchaytirish va davom ettirish uchun qayta guruhlanmoqda.

Tank ustida o‘tirib, barmoqlari bilan g‘alaba belgisini ko‘rsatayotgan ukrain askari.
AP Photo/Efrem Lukatsky

Xarkiv oblasti 

Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastining Andreyevka shahridagi neftni qayta ishlash zavodi o‘qqa tutilishi oqibatida boshlangan yong‘in bir necha kundan beri davom etmoqda. Ukraina Bosh shtabi xabar qilishicha, RF armiyasi Ukraina qo‘shinlari joylashuvini aniqlash maqsadida Xarkiv yo‘nalishi bo‘ylab havodan razvedka o‘tkazmoqda hamda Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalari va fuqarolik infratuzilmasini artilleriyadan intensiv ravishda o‘qqa tutmoqda. 

Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Xarkiv uy-joy-kommunal kolleji yaqinda o‘qqa tutilishi oqibatida shikastlangan. Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubovning xabar qilishicha, 21 iyun kuni Xarkivda artilleriya zarbalari oqibatida 15 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, yana 16 nafari yaralangan. 

Uy-joy kommunal kollejining vayron bo‘lgan binosiga qarayotgan o‘tkinchi.
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
Kun botish chog‘ida shahar markazidan o‘tayotgan xarkivliklar
Orlando Barria / EPA / Scanpix / LETA

Kiyev 

Kiyev oblastidagi Borodyanka posyolkasi aholisi gumanitar yordam qabul qilib olmoqda.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevning keksa yoshli aholisi vakillari ko‘ngillilar tarqatayotgan oziq-ovqat uchun navbatda turibdi
Alexey Furman / Getty Images
Keksa ayol kiyevlik ko‘ngillilar tomonidan tarqatilayotgan ovqatni olish uchun o‘z navbatini kutmoqda
Alexey Furman / Getty Images

 

Rossiya okkupatsiyasi vaqtida vayron bo‘lgan uy oldidan o‘tayotgan ayol, Borodyanka
AP Photo/Natacha Pisarenko

Mavzuga oid