Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
23 iyun kuni soat 7:00 dan soat 20:00 ga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan podstansiyalarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida yangi tayanch ustunlarni o‘rnatish ishlari olib boriladi.
«Toshkent shahar ETK» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Yashnobod tumani - «Texnopark» MChJ, «Shampan-vino» zavodi, «Kalisto» XF, ATS-169, «Parkent» bozori, «Al-Xorazmiy» maktabi, «O‘zdonmahsulot» MChJ Doka-xleb, Kotelnaya ToshmI, Tuzel-1 Nasosnaya, Kar-soqovlar maktab-internati, tuman jinoyat sudi, Qon quyish instituti, Diagnostika markazi, Botkina ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish obektlari, Eron elchixonasi, TashkECh, 510-, 359-, 529- hamda 149-sonli MTM, shuningdek, «Makro», «Texnopark» va «Korzinka» savdo markazlari;
«Riyoziy» mavzesi, M. Ulug‘bek, Oltintepa, S. Mashhadiy ko‘chalari, 22-sonli Harbiylar shaharchasi, S. Rozina, Parkent - 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7-tor ko‘chalari, «Tashselmash» mavzesi, Chizelniy mavzesi, Tuzel-1 dahasi hamda ko‘chalari;
«Do‘stlik» MFY, «Mashinasozlar» MFY, «Do‘stobod» MFY, «Boyqo‘rg‘on» MFY, «Umid» MFY, «Cho‘lpon» MFY, «Istiqlol» MFY, «Fidoyilar» MFY, «Semurg‘» MFY hamda «A. Temur» MFYlarida joylashgan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik sub’yektlari;
Mirzo Ulug‘bek tumani – Shifokorlar malakasini oshirish instituti yotoqxonasi, «Parkent» mavzesi, Quduqboshi, Oltintepa, Asaka, Bo‘zbozor, Xirmontepa ko‘chalari hamda 493-, 456-, 410- hamda 597-sonli MTM va 148-sonli maktab, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari;
«Turon» MFY, «Olmachi» MFY, «Yangi olmachi» MFY, «Asaka» MFY, «Podshobog‘» MFY, «Oltintepa» MFY hamda «Katta Oltintepa» MFYda elektr energiyasi soat 07:00 dan 20:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.