Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni va’da qilganlar ushlandi
Toshkent viloyatida xorijiy davlatlarga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro S.N. va U.R. boshqa bir fuqaro J.ni tanishlari yordamida 1 200 AQSh dollari evaziga Polsha davlatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga yuborishni va’da qilib, shundan 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqarolar E.N., G.T. va boshqalar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki elchixonalardagi tanishlari yordamida xorijiy davlatlarga ishga jo‘natishni va’da qilib, G.T.ning plastik kartasiga 2021 yil 5 oktyabrdan 2022 yil 25 mayga qadar jami 531,7 mln so‘mni tushirishga erishib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025