Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter uzun tvitlar joylash uchun Notes funksiyasini ishga tushiradi
Notes yordamida foydalanuvchilar keng tahrirlash imkoniyati orqali uzun tvit-postlar hamda ularga mediafayllar qo‘shishlari mumkin bo‘ladi.
Twitter ijtimoiy tarmog‘ining yangi funksiyasi mualliflarga uzun tvitlar yaratish imkoniyatini taqdim etadi, deb yozdi TechCrunch nashri.
Yangi vosita Twitter Notes deb nomlanadi.
Notes yordamida foydalanuvchilar keng tahrirlash imkoniyati orqali uzun tvit-postlar hamda ularga mediafayllar qo‘shishlari mumkin bo‘ladi. Ilgari uzun matn yaratish uchun mualliflar tred – bir mavzu bo‘yicha tvitlar zanjirini yaratishlariga to‘g‘ri kelardi.
Nashrning ma’lumot berishicha, hozirda vosita cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar orasida sinovdan o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi
18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi
23:47 / 14.08.2024
X ijtimoiy tarmog‘i noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodimiga 550 ming yevro kompensatsiya to‘laydi
10:11 / 01.11.2023