Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi
Respublikadagi 24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi va ularda sanoat infratuzilmasini rivojlantirishga 400 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
AOKAda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilinishicha, geologik-qidiruv ishlarini olib borish uchun 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
2026 yilga borib tarmoq bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 42,3 trln so‘mga yetkazish va bunda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarning ulushini 53 foizgacha yetkazish belgilangan.
Natijada, asosiy turdagi qurilish materiallariga bo‘lgan talab mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘liq qoplanadi. Jumladan, gazobeton, issiqlik saqlovchi izolyatsiya materiallari, qurilish oynasi, sement kabi mahsulotlar bo‘yicha ichki talab qoplanib, mahsulotlar bir qismi xorijga eksportga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
12:26 / 22.02.2025
Peterburgdagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi
12:01 / 18.02.2025
Olmaotadagi tuman tufayli ikkita reys Toshkentga yo‘naltirildi
11:00 / 06.01.2025
Tuman O‘zbekistondagi uchta aeroport faoliyatini cheklab qo‘ydi
09:47 / 28.10.2024