O‘zbekiston | 18:55 / 23.06.2022
28658
1 daqiqa o‘qiladi

Chimboyda “ayti” tanlovi g‘olibiga tokuzaytirgich sovg‘a qilindi

Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida o‘tkazilgan “IT bilimdoni” tanlovi sovrindorlari sertifikatlar hamda elektr tarmog‘ining filtr-uzaytirgichi (“pilot”), klaviatura va noutbuk sumkasi bilan taqdirlandi. Bu holat internetda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Foto: Chimboy tumani hokimligi

Ma’lum bo‘lishicha, “IT bilimdoni” tanlovi Chimboy tumanidagi yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilgan. Tuman hokimligining rasmiy Telegram-kanalida 20 iyun kuni berilgan (ayni paytda o‘chirilgan) xabarga ko‘ra, tanlovning tuman bosqichida 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 60 dan ortiq yoshlar qatnashgan.

Maqsim Jumaboyev, Miyribek Aytmurodov, Damir Askarboyev va Azamat Qalmurodov g‘olib va sovrindorlar qatorida taqdirlangan.

Foto: Chimboy tumani hokimligi
Foto: Chimboy tumani hokimligi

Tanlovni Yoshlar ishlari agentligi va IT-Park tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Samarqandning Nurobod tumanida “1 million dasturchi” IT-tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktab o‘quvchisiga ishlatilgan noutbuk berilishi rezonansga sabab bo‘lgan, buning ortidan tuman hokimi o‘rinbosariga hayfsan berilib, tuman XTB mutaxassisi va viloyat XTB bo‘lim boshlig‘i lavozimidan ozod etilgandi.

Mavzuga oid