Toshkentda kovid-markazlar qayta ochilmoqda
Shahar hokimining qarori bilan, Toshkentda koronavirusni davolashga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilmoqda.
Hokim qarorida respublikada “koronavirus tarqalishi bo‘yicha vaziyat keskinlashgani” yozilgan. Qayd etilishicha, poytaxt Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi kovid-markazlar masalasida hokimlikka murojaat bilan chiqqan.
Maxsus poliklinikalar har bir tumanda bittadan, o‘tgan yilning iyul oyi va joriy yilning yanvar oyidagi joylashuv manzillarida ish boshlaydi:
№ |
Tuman nomi |
Muassasa nomi |
1 |
Bektemir tumani |
Bektemir tumani MKTP |
2 |
Mirobod tumani |
5-son ftiziatriya dispanseri |
3 |
Uchtepa tumani |
23-son oilaviy poliklinika “Birlik” filiali |
4 |
Mirzo Ulug‘bek tumani |
1-son ftiziatriya dispanseri |
5 |
Yakkasaroy tumani |
58-son oilaviy poliklinika |
6 |
Sergeli tumani |
11-son oilaviy poliklinika |
7 |
Olmazor tumani |
3-son ftiziatriya dispanseri |
8 |
Chilonzor tumani |
Shahar Ftiziatriya va pulmonologiya markazi |
9 |
Yunusobod tumani |
4-son ftiziatriya dispanseri |
10 |
Shayxontohur tumani |
42-son oilaviy poliklinika |
11 |
Yashnobod tumani |
2-son ftiziatriya dispanseri |
12 |
Yangihayot tumani |
Shahar teri-tanosil dispanseri |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev kecha, 23 iyun kuni so‘nggi bir hafta davomida koronavirusga chalinish dinamikasida “biroz ko‘tarilish” kuzatilayotganini aytdi.
Unga ko‘ra, 17 iyunda 90 ta, 18 iyunda 108 ta, 19 iyunda 93 ta, 20 iyunda 87 ta, 21 iyunda 82 ta, 22 iyunda 98ta kasallanish holati qayd etilgan. 23 iyunda esa 94 kishida koronavirus aniqlandi.
Yusupaliyevga ko‘ra, koronavirusning eng yuqumli varianti ekani aytilayotgan “Stealth-Omicron” BA.2 O‘zbekistonga ham kirib kelgan. Ilg‘or texnologiyalar markazida o‘tkazilgan tahlillarda koronavirus yuqtirish holatlarining 67 foizida “omikron”, 33 foizida shu shtammning “Stealth-Omicron” BA.2 varianti topilgan.
“Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyat barqarorligi ta’minlanib kelinmoqda. Lekin o‘tgan ikki yil davomida aynan iyul-avgust oylarida kasallanish ko‘tarilganligi qayd etilgan. Shuning uchun koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash va buster dozasi bilan qayta emlash ishlarini jadallashtirish katta ahamiyatga ega”, dedi SanEpid xizmati boshlig‘i.
- 23 iyun holatidagi rasmiy raqamlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlashda qo‘llanilgan jami vaksinalar soni 57,7 million dozadan oshgan. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 20 550 541 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 16 856 230 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 20 355 55 nafarni tashkil qiladi.
- 12-18 yoshdagi emlanuvchilar uchun jami 1 587 480 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 863 351 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 675 766 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 48 363 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024
Toshkentning ikkita ko‘chasida harakat 19 kunga cheklanadi
17:26 / 21.11.2024
Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi
15:44 / 21.11.2024